Maxfiylik siyosati
2026-yil 6-avgustda yangilangan
Hujjat yurist ishtirokisiz tayyorlangan. Noaniqlik yoki bahsli ifodani ko'rsangiz — Telegramga yozing, to'g'rilaymiz.
Qisqacha
- Biz kam narsa yig'amiz: pochta, parol, ism, diagnostikadagi javoblar va har qanday sayt yozadigan texnik so'rov ma'lumotlari. To'liq ro'yxat — quyida.
- Bu ma'lumotlarni sotmaymiz va reklama tarmoqlariga bermaymiz.
- Ma'lumotlaringiz nusxasini olmoqchi yoki akkauntni o'chirmoqchi bo'lsangiz — Telegramga yozing, havola shu sahifaning oxirida.
Ma'lumotlarni kim qayta ishlaydi
- LYprep — O'zbekiston akademik litseylariga kirish imtihoniga tayyorlash xizmati.
- Xizmatni jismoniy shaxs yuritadi, hozircha ortida yuridik shaxs yo'q. Buni ochiq yozamiz, chunki ma'lumotlaringizni kim qayta ishlashini bilishga haqqingiz bor.
- Ma'lumotlar bo'yicha yagona aloqa kanali — Telegram, havola shu sahifaning oxirida. Alohida murojaat formasi va support-pochta hozircha yo'q. Bir necha kun ichida javob beramiz; bir hafta javob bo'lmasa — qayta yozing.
Qanday ma'lumotlarni yig'amiz
- Elektron pochta — akkauntingiz va saqlangan natijaga kirish bo'lishi uchun.
- Parol. U hech qayerda ochiq ko'rinishda saqlanmaydi: uni autentifikatsiya xizmati xeshlaydi va biz uni ko'rmaymiz.
- Ro'yxatdan o'tishda kiritgan ismingiz.
- Diagnostika savollariga javoblar, har bir savolga ketgan vaqt va hisoblangan natija.
- Sayt hostingi va Supabase yozadigan texnik so'rov ma'lumotlari: IP-manzil, brauzer turi, murojaat vaqti, oxirgi kirish vaqti.
- Bizga Telegramda yozsangiz, nikingiz va yozishmalar Telegramda qoladi va uning qoidalariga bo'ysunadi.
Ular nima uchun kerak
- Diagnostika natijasini ko'rsatish va keyinroq qaytib kelishingiz uchun saqlash.
- Urinishlarni o'zaro taqqoslash va ball qanday o'zgarayotganini ko'rsatish.
- Supportga murojaat qilgan bo'lsangiz, javob berish.
- Reklama uchun ma'lumotlar ishlatilmaydi. Saytda tashrif hisoblagichlari va reklama piksellari yo'q.
Qaysi asosda
- Akkaunt, ism va javoblar uchun asos — sizning roziligingiz: uni ro'yxatdan o'tishda katakcha bilan berasiz, shu paytgacha akkaunt yaratilmaydi va javoblar serverga ketmaydi.
- So'rovlarning texnik ma'lumotlarini hosting va Supabase loglarga avtomatik yozadi — sayt birinchi ochilishidan boshlab va rozilikdan qat'i nazar: busiz sayt ishlay olmaydi va hujumlardan himoyalana olmaydi.
- Rozilikni istalgan payt Telegram orqali qaytarib olish mumkin. Qaytarib olish — akkaunt va barcha natijalar o'chirilishini anglatadi.
- Qayta ishlash O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonuni (O'RQ-547) bilan tartibga solinadi.
Ma'lumotlar qayerda saqlanadi
- Ma'lumotlar bazasi va autentifikatsiya Supabase platformasida ishlaydi. Uning serverlari O'zbekistondan tashqarida joylashgan.
- 2026-yil martidan boshlab mamlakat ichida majburiy saqlanishi shartlar — faqat biometrik va genetik ma'lumotlar hamda aloqa operatorlari abonentlarining ma'lumotlari. Bularning hech birini yig'maymiz, shuning uchun chet elda saqlashga qonun yo'l qo'yadi. Transchegaraviy uzatishning rasmiy protseduralaridan o'tmaganmiz: yangi tahrirga oid qonunosti hujjatlari hali qabul qilinmagan.
- Ma'lumotlarni uchta texnik maydon qayta ishlaydi, boshqa hech kim emas: Supabase (baza va autentifikatsiya), sayt hostingi (IP va brauzer turini loglarga yozadi) va Supabase pochta xizmati — manzilni tasdiqlash va parolni tiklash xatlari u orqali ketadi.
Voyaga yetmaganlarga va ularning ota-onalariga
- Xizmat qabulga tayyorlanayotgan maktab o'quvchilariga mo'ljallangan — odatda bu 14–16 yosh.
- Qonun voyaga yetmagan shaxs uchun rozilikni qonuniy vakil yozma shaklda berishini talab qiladi. Interfeysimizda bunday protsedura yo'q, yoshni ham so'ramaymiz: ro'yxatdan o'tishdagi katakcha faqat foydalanuvchining o'z roziligini qayd etadi. Shuning uchun iltimos — 18 yoshga to'lmagan bo'lsangiz, ota-onangiz bilan birga ro'yxatdan o'ting va ularga bu hujjatlarni ko'rsating.
- Ota-ona bolasi haqida bizda qanday ma'lumotlar borligini so'rashga va ularni o'chirishni talab qilishga haqli. Buni sabab so'ramasdan bajaramiz.
Cookie va brauzer xotirasi
- Reklama va analitika cookie-lari yo'q.
- Brauzer localStorage'ida autentifikatsiya xizmati sessiyangizni saqlaydi — busiz har sahifa yangilanganda akkauntdan chiqib ketgan bo'lardingiz.
- Vkladkaning sessionStorage'ida o'tib bo'lingan diagnostika javoblari vaqtincha turadi — ro'yxatdan o'tib natijaga qaytguningizcha yo'qolmasligi uchun. Ular muvaffaqiyatli saqlangandan keyin va vkladka yopilganda o'chiriladi. Testning o'zi davomida javoblar hech qayerga saqlanmaydi: sahifani yangilasangiz — test boshidan boshlanadi.
Qancha saqlaymiz va qanday o'chirish mumkin
- Ma'lumotlar akkaunt mavjud ekan saqlanadi. Faollik bo'lmaganda avtomatik o'chirish yo'q: shunchaki kirmay qo'ysangiz, ma'lumotlar so'rovingizgacha qoladi.
- Hosting va Supabase loglaridagi texnik yozuvlar o'zining odatiy rotatsiyasigacha saqlanadi — akkauntni o'chirish ularga ta'sir qilmaydi.
- Ma'lumotlar nusxasini olish yoki akkauntni o'chirish uchun Telegramga yozing.
- Interfeysda mustaqil o'chirish tugmasi hozircha yo'q — so'rov qo'lda ko'rib chiqiladi. Profilni tahrirlash ekrani ham yo'q: ism yoki pochtani to'g'rilash uchun bizga yozing.
- Siz ma'lumotlaringiz nusxasini olishga, noto'g'rilarini tuzatishga, ularni o'chirishga, rozilikni qaytarib olishga va harakatlarimiz ustidan vakolatli organga shikoyat qilishga haqlisiz.
Ma'lumotlar himoyasi
- Bazaga kirish satr darajasidagi siyosatlar bilan cheklangan: foydalanuvchi faqat o'z yozuvlarini ko'radi va o'zgartiradi, boshqalarning natijalari unga yopiq.
- Parollarni autentifikatsiya xizmati xesh ko'rinishida saqlaydi, sayt bilan aloqa HTTPS orqali boradi.
- Ma'lumotlaringizga daxldor sizib chiqish haqida bilib qolsak, bu haqda Telegram-kanalda va shu sahifada xabar beramiz. Alohida xabarnoma tizimi yo'q — pochta orqali bildirishnoma yubormaymiz.
O'zgarishlar
- Siyosat o'zgarsa, sahifa tepasidagi sanani yangilaymiz — uni kuzatib boring. Kirishda o'zgarishlarni ko'rsatadigan mexanizm va xabarnoma tarqatish hozircha yo'q.
Bu hujjat bo'yicha savollar — Telegram @mr_asilbekkhondamirov